Oracle OpenAI uchun $40 milliardlik ma’lumotlar markazini quradi

Oracle kompaniyasi Nvidia chiplarini sotib olish va AQShning Texas shtatida OpenAI uchun yangi ma’lumotlar markazini qurishga $40 mlrd investitsiya kiritadi. Bu haqda Theoutpost nashri ma’lum qildi.
Ushbu markaz energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy protsessorlarga asoslangan bo‘lib, millionlab uylarning elektr iste’moliga teng quvvat sarflaydi.
Loyiha Stargate tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda va unga Oracle, OpenAI, SoftBank, MGX kabi kompaniyalar hamda investitsiya fondlari jalb etilgan. Qurilish kredit va investitsiyalar yordamida moliyalashtiriladi.
Bu qaror OpenAI va Microsoft o‘rtasidagi hamkorlikning yakunlanishiga olib keldi, chunki Microsoft tez o‘sayotgan hisoblash quvvatlari talabini qondira olmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI va Nvidia BAAda sun’iy intellekt markazi qurishi haqida xabar bergan edik.