O‘zbekiston fuqarosi Rossiya armiyasiga qo‘shilgani uchun to‘rt yilga qamaldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
sud
Vatanga qaytgach u yollanma jangchilikda aybdor deb topildi
Rossiya-O'zbekiston
Foto: Unsplash

O‘zbekiston fuqarosiga Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzgani uchun to‘rt yil qamoq jazosi berildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 2024-yil boshida ish izlab Sankt-Peterburgga borgan va o‘sha yil yozida Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolab, jangovar harakatlarda qatnashmoqchi bo‘lgan.

Biroq Lugansk yaqinidagi harbiy yig‘inlar vaqtida u yaralangan va xizmatni davom ettira olmagan. 2025-yil boshida vatanga qaytganidan so‘ng u shartnoma asosida xizmat qilganini huquq-tartibot organlariga ma’lum qilgan.

Unga nisbatan yollanma jangchilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlab u 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin edi. Biroq sud yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, unga nisbatan yengilroq jazo tayinladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston va Rossiya 2026 – 2030-yillar uchun harbiy-strategik dasturini amalga oshirishi haqida xabar bergandi.

Shuningdek