O‘zbekistonda milliy triatlon maktabi rivojlantiriladi

2025-yil 26-may kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi doirasida Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekistonda triatlonni ommalashtirish, milliy triatlon maktabini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mamlakatimizda triatlon jadal rivojlanayotgani, xalqaro musobaqalar muntazam o‘tkazilayotgani va sportchilarimiz reytingda yuqori o‘rinlarni egallab borayotgani alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunida mutaxassislar tayyorlash, infratuzilmani takomillashtirish va ekspertlik dasturlarini kengaytirishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil etilishi haqida yozgan edik.