
Joriy yilning birinchi choragida aqlli soat va taqiladigan gadjetlar yetkazib berilishi 46,6 mln donani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga o‘sgan. Bu haqda Canalys kompaniyasi hisobotida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Xiaomi 8,7 mln dona qurilma yetkazib, 19 foizlik ulush bilan bozor yetakchisiga aylandi. Kompaniya bu borada 44 foiz o‘sishga erishdi. Natijaga Smart Band va Watch liniyalari yangilanishi,
Shuningdek, Redmi brendi ostida arzon modellarning chiqarilishi sabab bo‘lgan. Ayniqsa, Redmi Band 5 modeli sotuvining yuqoriligi bilan ajralib turgan. Apple kompaniyasi 7,6 mln qurilma bilan 16 foiz ulushni egallab, ikkinchi o‘ringa tushdi.
Uchinchi o‘rinni esa 7,1 mln dona mahsulot sotgan Huawei egalladi. Kompaniyaning Watch GT va Watch Fit modellari mashhurlikka erishgan.
Samsung 4,9 mln dona sotuv bilan to‘rtinchi, Garmin esa 1,8 mln dona mahsulot bilan beshinchi o‘rinda qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng ko‘p smartfon sotgan kompaniya haqida yozgan edi.