«Roma» g‘alaba qozondi, ammo YChL yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi

26-may 2025 09:57 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
"Roma"
«Roma» g‘alaba qozondi, ammo YCHL yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi / Foto: Roma futbol klubi

A Seriyaning so‘nggi turida «Roma» safarda «Torino» ustidan 0:2 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 18-daqiqasida Leandro Paredes penaltidan hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim 53-daqiqasida Salimakers tomonidan kiritilgan gol rimliklarga uch ochko keltirdi.

Foto: Roma futbol klubi

Shunga qaramay, ushbu g‘alaba «Roma»ni musobaqa jadvalida kuchli to‘rtlikka olib chiqa olmadi va jamoa kelasi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok eta olmaydi.

Foto: Roma futbol klubi

Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov «Torino» safida asosiy tarkibda maydonga tushib, 72 daqiqa harakat qildi. Shu turda «Yuventus» ham safarda 2:3 hisobida g‘alaba qozonib, turnirdagi pozitsiyasini mustahkamladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yurgen Klopp Shomurodovga murabbiy bo‘lmasligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek