Saudiya Arabistoni spirtli ichimliklar taqiqi bekor qilinishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Saudiya Arabistoni rasmiylari qirollikda spirtli ichimliklarga qo‘yilgan 73 yillik taqiq bekor qilinishi haqidagi xalqaro ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarni inkor etdi. Bu haqda Gulf News nashri ma’lum qildi.
Ushbu da’vo bir vino blogida chop etilgan material asosida tarqalgan edi.
Xabarlarda mamlakat 2034-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida cheklangan spirtli ichimliklar savdosiga ruxsat berishni rejalashtirayotgani aytilgan, ammo bu borada hech qanday rasmiy manba keltirilmagan.
Qirollikda spirtli ichimliklar musulmonlar uchun qat’iyan taqiqlangan bo‘lib, qonunbuzarliklar deportatsiya, jarima yoki qamoq bilan jazolanadi.
Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon boshchiligidagi islohotlar doirasida ayrim liberal qadamlar tashlangan bo‘lsa-da, spirtli ichimliklar masalasida jiddiy o‘zgarish ko‘zda tutilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiyada birinchi sun’iy intellekt shifokorlari klinikasi ishga tushgani haqida xabar bergan edik.