
23-may, juma kuni soat 22:30 atrofida Janubiy Koreyaning mashhur K-pop guruhi BLACKSWAN O‘zbekistonga ilk bor yetib keldi.
BLACKSWAN — tarkibida koreys ishtirokchilari bo‘lmagan birinchi xalqaro K-pop guruhi hisoblanadi. Turli davlatlardan chiqqan to‘rt nafar san’atkor bu janr bugungi kunda hamma uchun ochiq bo‘lgan global harakatga aylanganini namoyon etmoqda. Toshkentga ilk bor kelgan guruhni muxlislar iliq va yorqin tarzda kutib olishdi.
Aeroportdagi unutilmas lahzalar bilan Kursiv Uzbekistan’ning fotoreportajida tanishishingiz mumkin.


«K-pop shunchaki musiqa emas. Bu janr Janubiy Koreyadan kelib chiqqan boʻlib, xoreografiya, xip-xop va raqs ritmlarini oʻzida mujassam etgan. Nega men BLACKSWANni yaxshi koʻraman? Ularda gʻayrioddiyroq, jasurroq uslub bor. Ularning ajoyib qoʻshiqlari koʻp, lekin menga koʻproq «Karma” yoqadi», — deydi Aida



«Rostini aytsam, bu ajoyib tuyg’u. Men bu haqda hech o’ylamagan edim — bu tush kabi. Katta rahmat!» — deydi Shreya Lenka .
Shreya 2022-yilda guruhga qoʻshilgan Hindistonlik aʼzo. U debyutidan oldin Koreyada intensiv mashgʻulotlardan oʻtgan: u til, vokal va raqsni oʻrgangan.
Guruh rahbari Fatou Samba asli senegallik, lekin Belgiyada oʻsgan va K-pop tarixidagi birinchi qora tanli aʼzo boʻldi.
Asli braziliyalik-germaniyalik Gabi Dalsin 2022-yilda guruhga qo‘shilgan. NVee esa amerikalik bo‘lib, 2023-yilda BLACKSWAN safiga kirgan.
Ushbu xalqaro tarkib shunchaki o’ziga xoslik emas, balki aniq bayonotdir: K-pop dunyoga ochiq, va iste’dod millat chegaralaridan ustundir.

«Men BLACKSWANni yaxshi ko’raman! Ular ajoyib qo’shiqlar kuylashadi, ajoyib raqsga tushishadi — siz ulardan haqiqiy energiya olishingiz mumkin!» — deydi u.

«K-pop butun dunyo uchun ochiq. Biz hozir O’zbekistondamiz, kelasi hafta AQShning beshta shahrida kontsert beramiz, keyin Germaniya bo’ylab gastrol qilamiz. Shunday qilib, butun dunyo bo’ylab! Hamma joyda odamlar koreys K-popini ishtiyoq bilan qo’llab-quvvatlamoqda. Bu haqiqatan ham butun dunyo bo’ylab dolzarb mavzuga aylangan», — deydi guruh prodyuseri Jerri Quek .