U-17 jahon chempionati: Oʻzbekistonning guruhdagi raqiblari ma’lum boʻldi
eʼlon qilindi
Joriy yilning 3 – 25-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 3 – 25-noyabr kunlari Qatarda boʻlib oʻtadigan 17 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi «J» guruhidan joy olib, Paragvay, Panama va Irlandiya bilan guruh bosqichida kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, terma jamoamiz joriy yilning yozida Saudiya Arabistonida oʻtkazilgan U-17 Osiyo chempionatida zafar quchib, qit’a chempionligiga erishgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston U-20 ayollar terma jamoasi FIFAga kirmaydigan mamlakat bilan oʻynashi haqida xabar bergan edi.