
Xitoy olimlari 1,36 km uzoqlikdan atigi 3 millimetrli yozuvlarni aniqlay oladigan noyob lazer tizimini ishlab chiqdi. Bu haqda Physics ilmiy nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu texnologiya an’anaviy teleskoplardan farqli o‘laroq, tasvir emas, balki yorug‘lik intensivligi tebranishlarini tahlil qiladi.
Tajriba davomida infraqizil lazer nurlari yordamida obyektdan qaytgan yorug‘lik ikki teleskop orqali yig‘ilib, murakkab algoritmlar bilan qayta ishlangan. Natijada juda kichik harflar ham aniq ko‘rinadi.
Bu yondashuv arxeologiya, harbiy razvedka va ekologik kuzatuvlarda katta imkoniyatlar ochadi. Biroq tizim ob-havoga sezgir va hozircha faqat yirik qurilmalar uchun moslashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xitoylik olimlar fazoviy stansiyasida yangi bakteriya kashf etgan edi.