Yosh tadbirkorlarga mebelsozlik sohasi uchun 5 milliard so‘mgacha kredit beriladi

eʼlon qilindi
Uy sharoitidan sanoat bosqichiga o‘tish uchun
Yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha kredit beriladi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga besh nafargacha ishchi yollab, rasmiy mebel ishlab chiqarish faoliyatini olib borishga ruxsat beriladi. Bu haqda prezident yig‘ilishda ma’lum qildi.

O‘tgan yili mebelsozlik yo‘nalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Soha bo‘yicha 6,7 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Biroq ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish uchun bir qator muammolarni hal qilish zarur. Jumladan, mebel mahsulotlarining 25 – 30 foizi xonadonlarda tayyorlanmoqda. Hozir ko‘plab ustalar uy sharoitidan sanoat bosqichiga o‘tishga intilmoqda.

Yosh tadbirkorlarga bu sohada faoliyat boshlashi va kengayishi uchun yetti yil muddatga 18 foizdan besh milliard so‘mgacha kredit ajratiladi.

Shuningdek, Sharof Rashidov, Yangi Namangan, Pastdarg‘om, O‘rta Сhirchiq, Quva, Buvayda, Yunusobod va Uchtepa tumanlarida ham Xonqa tajribasi asosida mebelchilik markazlari tashkil etilishi topshirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek