Sport

Taniqli futbolchi Abduqodir Husanov uylanmoqda – video

Abduqodir Husanov
Abduqodir Husanov nikoh to‘yi munosabati bilan nahor oshi berildi / Foto: «Lans» FK

«Manchester Siti» va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uylanmoqda. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga futbolchiga yaqin manba ma’lum qildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/05/x2twitter.com_itin5yrichr9kanz_1280p.mp4

Unga ko‘ra, bugun, 27-may kuni Toshkentdagi «Versal» to‘yxonasida nahorgi osh bo‘lib o‘tgan. Hozircha futbolchining nikoh kechasi qayerda o‘tkazilishi haqida ma’lumotlar ochiqlanmadi.

Nahorgi oshga oʻzbek futboli jamoatchiligi va koʻplab taniqli shaxslar tashrif buyurdi. Oʻzbekistonlik yosh iqtidorli futbolchi Abduqodir Husanovning uylanishi haqidagi xabarlar muxlislar orasida katta qiziqish uygʻotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan o‘zbek futboli afsonasi Azamat Abduraimov yosh himoyachi Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»dagi hozirgi holatini ijobiy baholab, u bilan Pep Gvardiolaning shaxsan o‘zi shug‘ullanayotganini aytgan edi.