Dollar 50 so‘mdan ko‘proqqa arzonladi
eʼlon qilindi
O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 27-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 886,90 so‘mni tashkil qilib, oldingi kun bilan solishtirganda 53,03 so‘mga tushdi.
Dollar kursi bu haftani o‘sish bilan boshladi: 26-may kuni 24,03 so‘mga oshib, 12 939,93 so‘mni tashkil qildi.
Mamlakatdagi tijorat banklari 27-may kuni bir AQSh dollarini 12 825 – 12 930 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 940 – 13 000 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.