
Palach nashri «toza» Android versiyasi asosida ishlaydigan beshta eng yaxshi smartfon ro‘yxatini taqdim etdi.
Ushbu qurilmalar ko‘plab qo‘shimcha proshivka yoki og‘ir grafik interfeyslarsiz ishlashni afzal ko‘ruvchilarga mo‘ljallangan.
Ro‘yxatni Nothing Phone (3a) ochib beradi. Ushbu model NothingOS qobig‘i orqali minimal interfeys, sozlanadigan vidjetlar va o‘ziga xos Glyph yoritkichli shaffof korpus bilan ajralib turadi.
Keyingi o‘rindan Google Pixel 9a joy olgan. U uzoq muddatli yangilanishlar, sun’iy intellekt funksiyalari va Gemini yordamchisini qo‘llab-quvvatlaydi. Pixel smartfonlari toza Androidning eng yaxshi namunasi hisoblanadi.
Uchinchi o‘rinda Motorola RAZR 50 Ultra joylashgan bo‘lib, Android 14 asosida ishlovchi HelloUI mikrodasturi bilan ishlaydi. Ushbu buklanuvchi smartfon ikki displeyga ega va Smart Connect texnologiyasi yordamida boshqa qurilmalar bilan muammosiz integratsiyani ta’minlaydi.
Shuningdek, reytingga Asus Zenfone 12 Ultra va Google Pixel 9 Pro XL modellari ham kiritilgan. Ular yuqori unumdorlik, optimallashtirilgan operatsion tizim va Android’ning «toza» versiyasi bilan ishlashi orqali ajralib turadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Realme GT 7 Ginnes rekordini o‘rnatgani haqida xabar bergan edi.