Gvardiolaning maoshi qancha

Pep Gvardiola dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan murabbiylar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turadi. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Siti» bosh murabbiyi yiliga $27,3 mln maosh oladi. Undan faqat «Atletiko» murabbiyi Diego Simeone $34,2 mlnlik daromad bilan oldinda.
Kuchli uchlikni «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta $20,6 mln maosh bilan yakunlab turibdi.
Boshqa ommabop sport turlarida murabbiylar kamroq maosh oladi. Masalan, Amerika futbolida (NFL) Endi Rid $20 mln, basketbolda (NBA) Stiv Kerr $17,5 mln daromad bilan yetakchilik qilmoqda.
Xokkeyda (NHL) Mayk Sallivan kabi top-murabbiylar yiliga taxminan $5,5 mln ishlab topadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Manchester Siti» va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uylanayotgani haqida yozgan edi.