Ish vaqtidan tashqari mehnatga haq to‘lashni o‘zgartirish taklif qilindi

eʼlon qilindi
Yillik 120 soatlik cheklov bekor qilinishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Hujjatga ko‘ra, bir kunda ish vaqtidan ortiqcha ishlangan dastlabki ikki soat uchun kamida 1,5 barobar, undan ortiq vaqt uchun esa kamida ikki barobar miqdorida haq to‘lanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, yillik 120 soatlik cheklov bekor qilinishi mumkin. Qonun loyihasi 29 deputatning qarshi ovoz berishi bilan ikkinchi o‘qishga olib kirilishi belgilandi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5,8 mln so‘mga yetgani haqida yozgandi.

Shuningdek