Xorijda ishga joylashtirish xizmatlari uchun haq undirish tartibi bekor qilinishi mumkin

Migratsiya jarayonlarini boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o’tkazilgan majlisda ma’lum qilindi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi O‘zbekiston tashqarisida ish qidirayotganlarni ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalaydi va nazorat qiladi. Agentlik xususiy bandlik agentliklariga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, ish beruvchi yoki buyurtmachidan xorijda ishga joylashtirish uchun xizmat haqini undirish bekor qilinadi, ish qidirayotganlardan esa ushbu xizmatlar uchun haq olish taqiqi olib tashlanadi.
Xususiy bandlik agentliklari xorijda mehnat qilmoqchi bo‘lganlarni kasb-hunarga va chet tillariga o‘qitish hamda xorijiy ish beruvchilarni jalb qilish huquqiga ega bo‘ladi. Litsenziya olish uchun zaxira mablag‘lari miqdori kamaytiriladi.
Qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ish vaqtidan tashqari mehnatga haq to‘lashni o‘zgartirish taklif qilingani haqida yozgandi.