
Turkiyalik mashhur aktyor Halit Ergench yolg‘on guvohlik berganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Ayblovga ko‘ra, Ergench 2013-yilda Gezi bog‘ida bo‘lgan noroziliklar bo‘yicha olib borilgan tergovda soxta ma’lumot taqdim etgan. Ishda aktyorning hamkasbi Rıza Kojaog‘lu ham tilga olinmoqda. Ular hibsga olingan kasting-direktor Aysha Barimni himoya qilishga uringanlikda gumon qilingan.
Prokuratura tergov yakunida ayblov xulosasini tayyorlagan. Agar ayblov tasdiqlansa, aktyorlarga bir yildan to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Ayblanuvchilar esa siyosiy emas, fuqarolik va ekologik motivlar bilan namoyishlarda ishtirok etganini bildirgan. Mazkur holat Turkiyada va xalqaro jamoatchilikda keng muhokama qilinmoqda. Sud jarayonining qachon boshlanishi hozircha noma’lum.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tom Kruz 100 yoshgacha ekranda qolmoqchiligi haqida xabar bergandi.