Ish haqi 3,3 ming yevrogacha: o‘zbekistonlik hamshiralar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda

eʼlon qilindi
Germaniyaning «RecruitMed GmbH & Co. KG» kompaniyasi bilan hamkorlikda
O‘zbekiston va Germaniya
O‘zbekistonlik hamshiralar uchun Germaniyada 50 ta bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi / Foto: Kostalegal

Migratsiya agentligi Germaniyaning «RecruitMed GmbH & Co. KG» kompaniyasi bilan hamkorlikda hamshiralar uchun Germaniyada ishga joylashish imkoniyatini taqdim etmoqda. Bu haqda agentlikning rasmiy sahifasida xabar berildi.

Dastur orqali 50 nafar hamshira Germaniyada ish bilan ta’minlanadi. Boshlang‘ich oylik 2800 yevro bo‘lib, yashash va ovqatlanish xarajatlari nomzodning o‘z hisobidan to‘lanadi. Malaka tan olinganidan keyin ish haqi 3300 yevroga oshiriladi.

Nomzodlardan kamida bir yillik ish tajribasi, 18 – 40 yosh oralig‘ida bo‘lishi, sog‘lig‘i yaxshi va sudlanmagan bo‘lishi talab qilinadi. Shuningdek, tibbiyot kollejining 3 yillik dasturini yoki oliy ta’lim (bakalavr) bosqichini tamomlagan bo‘lishi lozim.

Shuningdek, Termiz va Nukus shaharlarida 12 oylik bepul nemis tili kurslari tashkil etiladi. Kurs davomida barcha o‘quv materiallari, imtihonlar va «B2» darajadagi til sertifikatini olish imkoniyati beriladi.

Germaniyada malaka tan olinishi, viza arizasini topshirish, ishga joylashish va yashash joyini topishda to‘liq yordam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, aviachiptalar, transfer, 13-oylik maosh tizimi, ijtimoiy sug‘urta va mehnat ta’tili kabi imtiyozlar taqdim etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: xorijdaish.uz

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon raqamlari:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi: (55) 102-53-32;
  • Surxondaryo viloyati: (76) 222-45-22.

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonliklar uchun Germaniyada til o‘rganish va kasbiy ta’lim imkoniyati yaratilishi haqida yozgandi.

Shuningdek