O‘zbekistonliklar yozgi ta’tilni qayerda o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Aviasales.uz tahlillariga ko‘ra, o‘zbekistonlik sayyohlar orasida bolalar bilan yozgi dam olishni oldindan rejalashtirishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. 2025-yilgi yozgi mavsumda oilaviy bronlar soni o‘tgan yilga nisbatan 26 foizga oshgan.
Eng ommabop yo‘nalishlar ro‘yxatida Istanbul birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonliklar bu shaharda o‘rtacha 12 kun dam oladi. Ikkinchi o‘rinda Antaliya bo‘lib, u yerda dam olish muddati 14 kungacha yetmoqda. Uchinchi o‘rinda esa Batumi joy olgan bo‘lib, sayyohlar bu shaharda o‘rtacha 10 kun qolishni ma’qul ko‘rmoqda.
Bu yil Boku ilk bor eng ommabop oilaviy yo‘nalishlar qatoriga kirgan. Ozarbayjon poytaxtiga bo‘lgan qiziqish 12 foizga oshgan. Dubay esa o‘z pozitsiyasini mustahkamlab, oila bilan dam olish uchun barqaror tanlov bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Aviasales «Yo‘lovchi» saytini ishga tushirgani haqida yozgandi.