Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish qoidalari tasdiqlandi
eʼlon qilindi
ILMA bu sohada vakolatli davlat organi bo‘ldi

«Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish» qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ushbu qoidalar qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik tartibini belgilaydi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) bu sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Qoidalarga ko‘ra, bozor ishtirokchisiga quyidagi harakatlar taqiqlanadi:
- mulkdorning o‘zgarishiga olib kelmaydigan bitimlar tuzish;
- yolg‘on yoki chalg‘ituvchi ma’lumotlar tarqatish;
- narxlarni sun’iy oshirish yoki pasaytirish, savdoning faolligini soxtalashtirish orqali boshqa ishtirokchilarni aldash.
Hiyla-nayrang alomatlari aniqlanganda, bozor tashkilotchilari va ishtirokchilar vakolatli organga uch kun ichida xabar berishi shart.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ILMA qonunlarga regulyator sifatida rasman kiritilgani haqida yozgandi.