
RedMagic Xitoyda o‘zining yangi RedMagic 10S Pro modelini e’lon qildi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.
RedMagic 10S Pro Snapdragon 8 Elite Leading Edition deb ataydigan chipsetda ishlaydi. Bu Snapdragon 8 Elite’ning yuqori oshirilgan versiyasidir. Bu RedCore R3 Pro maxsus o‘yin chipi bilan jihozlangan. Shuningdek, 24 Gb gacha LPDDR5T xotira va 1 TB gacha UFS 4.1 Pro xotirasi mavjud.
Smartfondagi mavjud haroratni nazorat qilish funksiyasi ICE-X sovitish tizimi deb nomlanadi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, u 250 foiz yaxshilangan issiqlik o‘tkazuvchanligi va 30 foiz katta issiqlik tarqalish maydoniga ega. Bu protsessor haroratini qo‘shimcha 5 ° C ga pasaytiradi.
Ushbu qurilmada 6,85 dyuymli OLED displey mavjud. U 1.5K aniqlik, 2000 nit maksimal yorqinlik va 144Hz yangilanish tezligini taqdim etadi.
Displeyning chetlari atigi 1.25 mmni tashkil etadi. Sensorli ekran bilan bir qatorda, qurilma 520Hz polling tezligiga ega tepa tugmalari (shoulder triggers) va 2500Hz teginishga javob berish chastotasi bilan jihozlangan.

Smartfonga 7500mAh sig‘imli katta hajmdagi batareya o‘rnatilgan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, u uzluksiz 10 soatlik o‘yin jarayonini ta’minlay oladi. Bundan tashqari, 120 vatt quvvatda tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi va 0 foiz dan 100 foizgacha atigi 35 daqiqada to‘liq zaryadlanishi aytilmoqda.
Orqa tomonda uch kamerali tizim joylashgan: 50 megapikselli asosiy kamera, 50 megapikselli ultra-keng burchakli kamera va 2 megapikselli chuqurlik sensori. Old tomonda esa 16 megapikselli selfi kamerasi mavjud.

Shuningdek, korpus orqa qismida RGB yoritish tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, u 14 tagacha rang variatsiyasini taklif etadi. Maxsus dasturlashtiriladigan Magic Key, DTS:X Ultra 3D texnologiyasiga ega stereo dinamiklar va teginishli javob (haptic feedback) uchun X-o‘q liniyali dvigatel ham mavjud.
Bundan tashqari, telefon USB 3.2 Gen 2 porti bilan jihozlangan bo‘lib, 8K 60Hz videoni tashqi qurilmaga uzatish imkonini beradi.
RedMagic 10S Pro ikki xil modelda taqdim etilgan: 10S Pro va 10S Pro+. Har bir model bir nechta xotira variantlari va rang tanlovlariga ega. RedMagic 10S Pro modelining maxsus nashri – Wuthering Waves Limited Edition ham mavjud.
Narxlar bilan quyidagi jadvalda tanishing.
Model | Variant | Xotira | Narx (RMB) | Narx ($) |
---|---|---|---|---|
10S Pro | Shadow | 12GB + 256GB | 4999 | $693 |
16GB + 512GB | 5499 | $763 | ||
Moonlight | 12GB + 256GB | 5299 | $735 | |
16GB + 512GB | 5799 | $804 | ||
Wuthering Waves Edition | 16GB + 512GB | 5999 | $832 | |
10S Pro+ | Shadow | 16GB + 512GB | 5999 | $832 |
Moonlight / Dusk (launch) | 16GB + 512GB | 5999 | $832 | |
Moonlight / Dusk (regular) | 16GB + 512GB | 6299 | $874 | |
24GB + 1TB | 7499 | $1040 |
Avvalroq Huawei nova 14 smartfonlari rasman taqdim etilgani haqida yozgan edik.