SCAT Chimkentdan Myunxen va Budapeshtga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

27-may kuni Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi Chimkentdan Myunxen va Budapeshtga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Kursiv Media xabar berdi.
Kompaniya Chimkentdan Bavariya markaziga reyslarni seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiradi. Parvoz olti soatdan sal ko‘proq vaqtni oladi. Bagajsiz chiptalar narxi 89,7 ming tengedan (taxminan 2,3 mln so‘mdan) boshlanadi.
Chimkentdan Budapeshtga parvozlar dushanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Bagajsiz chipta ham yo‘lovchilarga 89,7 ming tenge (taxminan 2,3 mln so‘m) turadi. O‘rtacha sayohat vaqti 5 soat 30 minutni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xitoyning Comac C919 avialayneri Braziliya, Kamboja, Indoneziya va Qozog‘istonga e’tibor qaratgan holda xorijga kengayishga tayyorlanayotgani haqida yozgan edi.