Tailand sayyohlar uchun kriptovalyutada ishlovchi kredit kartalarni joriy etishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Xaridlar kriptovalyutada amalga oshiriladi, lekin sotuvchilar odatdagidek mahalliy valyutada to‘lovni qabul qiladi
Tailand sayyohlar uchun kriptovalyutali kredit kartalarni joriy etishni rejalashtirmoqda
Tailand sayyohlar uchun kriptovalyutali kredit kartalarni joriy etishni rejalashtirmoqda / Foto: Swissmoney

Tailand moliya vaziri Pichai Chunhavajira mamlakatda kriptovalyutalarni ichki iqtisodiyotga joriy etishga qaratilgan yangi tashabbuslarni e’lon qildi.

Xorijlik sayyohlarga raqamli aktivlar orqali xarid qilish imkonini beruvchi kredit kartalarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Bu innovatsion loyiha mehmonlar uchun to‘lov jarayonini soddalashtirishni ko‘zlaydi. Xaridlar kriptovalyutada amalga oshiriladi, lekin sotuvchilar odatdagidek mahalliy valyutada to‘lovni qabul qiladi. Ko‘p hollarda esa xaridor to‘lovda kriptovalyuta ishlatilganini sezmasligi mumkin.

Tizimni keng joriy etishdan oldin Tailand banki bilan sinov loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri bu haqda Dailynews Talk 2025 tadbirida ma’lum qildi.

Shuningdek, Pichai kapital bozori va raqamli aktivlar bozorini huquqiy jihatdan birlashtirish rejalari haqida ham gapirdi. Bugungi kunda ular alohida qonunlar asosida boshqarilsa, endilikda investorlar uchun soddalashtirilgan yagona tizim joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Vazir Pichai Tailand fond bozorining barqarorligini ham alohida ta’kidlab, fundamental aksiyalarni asosiy investitsiya omili sifatida ko‘rsatdi. U, shuningdek, sug‘urta fondlari kabi yirik institutlar uchun mavjud cheklovlarni yumshatish orqali fond birjalariga ko‘proq sarmoya oqimini ta’minlash tarafdori ekanini bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan HUMO tokeni sinovdan o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek