Toshkent viloyatida ichimlik suvi narxlari oshadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
1-iyuldan
Ichimlik suvi
Toshkent viloyatida ichimlik suvi narxlari oshadi / Foto: silverjohn / depositphotos.com

Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Ushbu qaror xalq deputatlari viloyat Kengashining 26-maydagi qarorida ma’lum qilindi.

Yangi tariflarga ko‘ra, 1-iyuldan boshlab ichimlik suvi narxi bir kubometr uchun quyidagicha bo‘ladi:

  • aholi uchun – 2600 so‘m (2024-yilda 2000 so‘m etib belgilangandi);
  • budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun – 15 ming so‘m (9000 so‘m).

Oqova suvi xizmati uchun:

  • aholiga – 1300 so‘m (1000 so‘m);
  • budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilarga – 3000 so‘m (2000 so‘m).

Mazkur tariflar qo‘shilgan qiymat solig‘isiz (QQS) hisoblangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xorazmda ichimlik suvi narxi 1000 so‘mga oshishi haqida yozgandi.

Shuningdek