Andijonda 1-iyundan suv narxi oshadi
eʼlon qilindi
xalq deputatlari viloyat Kengashining 14-maydagi qarori bilan

Andijon viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Ushbu qaror xalq deputatlari viloyat Kengashining 14-maydagi qarorida ma’lum qilindi.
Yangi tariflarga ko‘ra, 1-iyundan boshlab ichimlik suvi narxi bir kubometr uchun quyidagicha bo‘ladi:
- aholi uchun – 1650 so‘m (2023-yilda 1500 so‘m etib belgilangandi);
- budjet tashkilotlari uchun – 2640 so‘m (2400 so‘m);
- ulgurji iste’molchilar uchun – 4180 so‘m (3800 so‘m).
Oqova suvi xizmati uchun:
- aholiga – 1650 so‘m (1000 so‘m);
- budjet tashkilotlari – 2640 so‘m (2400 so‘m);
- ulgurji iste’molchilarga – 3520 so‘m (3200 so‘m).
Mazkur tariflar qo‘shilgan qiymat solig‘isiz (QQS) hisoblangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Toshkent viloyatlarida ichimlik suvi narxlari oshishi haqida yozgandi.