Andijonda 120 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirin olib kirishga urinish fosh etildi

eʼlon qilindi
Bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi
zargarlik buyumlarini yashirin olib kirishga
Andijonda 120 million so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirin olib kirishga urinish fosh etildi / Foto: Bojxona qo‘mitasi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasining «Do‘stlik» chegara bojxona postida yirik noqonuniy zargarlik buyumlari olib kirilishining oldi olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi malum qildi.

Yo‘lovchilardan biri 114 gramm og‘irlikdagi jami 12 dona zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishga uringan vaqtida to‘xtatib qolingan. Bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ushbu buyumlar haqida hech qanday ma’lumot ko‘rsatilmagan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 120 mln so‘mdan oshadi.

Ma’lumot uchun, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari 2025-yil boshidan buyon qiymati 1,5 milliard so‘mlik, deyarli 1,5 kilogramm zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tish holatlarining oldini olgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda zargarlik sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi markazlar ochilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek