AQSh talabalar vizasiga yangi cheklovlar joriy qilmoqchi

eʼlon qilindi
Ayrim universitetlarga bosim o‘tkazish ham boshlandi
AQSh talabalar vizasiga yangi cheklovlar joriy qilmoqchi / Foto: Amber

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati xorijiy talabalar va almashinuv dasturlari bo‘yicha vizalar berishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Bu qaror talabalar ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi asosida yanada chuqurroq tekshiruv joriy etilishi arafasida qabul qilindi.

AQSh Davlat departamenti konsulliklarga yangi uchrashuvlar belgilamaslikni buyurdi, ammo ilgari rejalashtirilganlar o‘z vaqtida o‘tkaziladi. Rasmiylarga ko‘ra, bu o‘zgarishlar immigratsion xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan.

Ayni vaqtda Tramp ma’muriyati Falastinni qo‘llab-quvvatlagan talabalarni vizasidan mahrum etish va ayrim universitetlarga bosim o‘tkazishni ham kuchaytirmoqda. Bu esa jamoatchilikda so‘z erkinligiga tahdid sifatida baholanmoqda. Garvard universiteti talabalarining bunga qarshi norozilik namoyishlari ham bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh sudi Tramp ma’muriyatining Garvardda xorijlik talabalarni cheklash qaroriga to‘sqinlik qilgan edi.

Shuningdek