BMW’ning barcha modellari yangi dizaynga o‘tadi

28-may 2025 12:35 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
BMW’ning barcha modellari yangi dizaynga o‘tadi / Foto: Autocar

BMW kompaniyasi 5-seriyadan boshlab barcha modellarini Neue Klasse uslubiga moslashtirishni boshlaydi. Bu haqda IThome nashri xabar berdi.

Bu dizayn va texnologiyalar dastlab elektromobillar uchun ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, yaqin 3,5 yil ichida hatto benzinli modellarga ham joriy etiladi.

«Birinchi navbatda 2025-yil sentabrda Myunxendagi avtosalonda iX3 elektromobili taqdim etiladi. Shundan so‘ng, boshqa modellarga ham yangilanish kiritiladi», – deya ma’lum qildi BMW mahsulot bo‘limi rahbari Bernd Körber.

BMW 5-seriyasi 2026-yilda yangicha dizaynda ishlab chiqariladi. Avtomobil old qismi yangi ko‘rinishda bo‘lib, ichki salon esa Panoramic iDrive tizimi, 17,9 dyuymli sensorli ekran, proeksion displey va yangilangan asboblar paneli bilan jihozlanadi.

Shuningdek, Model CLAR platformasida qoladi va 205 ot kuchiga ega yumshoq gibrid, 295 ot kuchiga ega ulanadigan gibrid (ikkalasi ham 2,0 litrli turbomotor bilan) kuch tizimlari bilan ishlab chiqariladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi BMW 3 Sereis taqdim etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek