Chevrolet Damas: ilk ko‘rinishidan bugungacha bo‘lgan rivojlanish tarixi

28-may 2025 18:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Damas
Foto: Chevrolet

Chevrolet Damas – ixcham, arzon va ommaviy mikroavtobus hisoblanadi. U, asosan, yo‘lovchi va yengil yuk tashish uchun mo‘ljallangan. Ushbu avtomobilning tarixi va ilk ko‘rinishi haqida Kursiv Uzbekistan ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

Model Suzuki Every avtomobiliga asoslangan. Suzuki kompaniyasi dastlab bu modelni 1982-yilda ishlab chiqargan. Damas esa 1991-yilda Janubiy Koreyada ishlab chiqarila boshlandi.

Suzuki Every 1985 / Foto: Drom.ru

Suzuki Every ilk bor 1982-yilda ishlab chiqarilgan. Model Suzuki Carry platformasi asosida yaratilgan. Every asosan yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan edi. U Yaponiya ichki bozori uchun ishlab chiqilgan.

Suzuki Every 1985 / Foto: Drom.ru

1980-yillar oxirida model aerodinamik shaklga keltirildi. Transmissiya va rul tizimi bosqichma-bosqich yangilandi. Yaponiyaning kei car talablari asosida ishlab chiqilgan.

Suzuki Every 1985 / Foto: Drom.ru

Dastlabki yillari: Daewoo Damas nomi bilan tanilishi

Damas Janubiy Koreyada 1991-yilda Daewoo Damas nomi ostida chiqarilgan. U Suzuki Every (DA32) platformasi asosida ishlab chiqilgan edi. Mashina ixcham, yengil va shahar uchun juda qulay bo‘lgan. U Koreyada tez orada kichik bizneslar orasida mashhurlikka erishdi. Model eksport qilinib, boshqa davlatlarga ham tarqala boshladi.

Daewoo Damas / Foto: Vikipediya
Daewoo Damas / Foto: Vikipediya

O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi va lokalizatsiya

Damas O‘zbekistonga 1996-yillarda olib kirila boshlandi. U o‘sha paytda UzDaewooAuto tomonidan yig‘ila boshladi. Model Daewoo logotipi ostida ishlab chiqarilgan edi. 2008-yilda General Motors kompaniyasi bilan hamkorlik boshlandi. Shundan so‘ng avtomobil Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarildi.

Damasning tashqi ko‘rinishi o‘n yillar davomida deyarli o‘zgarmadi. U 0.8 litrli motor, mexanik transmissiya bilan jihozlangan. Orqa g‘ildirakdan tortuvchi tizim bilan ishlab chiqilgan. Ichki saloni oddiy, ammo amaliyotga mos tarzda qurilgan. Model arzon ehtiyot qismlari bilan ham mashhur bo‘lib kelgan.

Foto: Chevrolet

2015-yildan boshlab Damas’ga kichik modernizatsiyalar kiritildi. Ichki salonda xavfsizlik kamarlari va ISOFIX tizimi joriy etildi. 2020-yillarda ekologik talablarga moslashtirish ishlari boshlandi. Avtomobil yangi dvigatel va katalizator tizimi bilan ta’minlandi. Ushbu o‘zgarishlar asosan eksport uchun mo‘ljallangan edi.

Chevrolet Damas
Chevrolet Damas’ning ilk ko‘rinishi qanday bo‘lgan / Foto: Chevrolet

Chevrolet Damas bugungi kungacha ishlab chiqarilmoqda. U O‘zbekistonda eng ko‘p ishlatiladigan avtomobillardan biridir. Model soddaligi, arzonligi va xizmat qulayligi bilan mashhur. Shahar ichida tashish xizmatlari uchun eng qulay yechim bo‘lib qolmoqda. Damas o‘z segmentida raqobatsiz model sifatida qolmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 2025-yilning yanvar – aprel oylarida 19,1 ming dona yangi Damas avtomobili sotilgan. Uning narxi 93 mln so‘mdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt avtomobilining tarixi haqida maqola e’lon qilgan edi.

Shuningdek