Dollar ikki kunda yuz so‘mga arzonladi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: puhimec / depositphotos.com

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 28-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 831,13 so‘mni tashkil qilib, oldingi kun bilan solishtirganda 55,77 so‘mga tushdi.

Dollar kursi bu haftani o‘sish bilan boshladi: 27-may kuni 12 886,90 so‘mni, 26-may kuni 12 939,93 so‘mni tashkil qildi.

Mamlakatdagi tijorat banklari 28-may kuni bir AQSh dollarini 12 775 – 12 880 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 890 – 12 950 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.

Shuningdek