Endilikda ayrim huquqbuzarliklar faqat jabrlanuvchi arizasiga asosan ko‘rib chiqiladi

Endilikda tuhmat, haqorat, yengil tan jarohati yetkazish, shaxsiy hayotga aralashish kabi ayrim huquqbuzarliklar faqat jabrlanuvchi arizasiga asosan ko‘rib chiqiladi. Senatning navbatdagi yalpi majlisida «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun ma’qullandi.
Unga ko‘ra, agar jabrlanuvchi voyaga yetmagan, nochor yoki huquqbuzarga qaram bo‘lsa, arizasiz ham ish qo‘zg‘atiladi.
Senatorlar ushbu o‘zgarishlar fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirib, adolat va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashiga ishonch bildirdi. Qonun mazmunini aholiga sodda va tushunarli tarzda yetkazish muhim vazifa sifatida belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senat elektron sigaretalar aylanmasi cheklovi bo‘yicha qonunni tasdiqlangan edi.