Florida shtatida oltin bilan to‘lov qilishga ruxsat beriladi
eʼlon qilindi
Florida gubernatori Ron DeSantis bugun qonunni imzoladi

Florida gubernatori Ron DeSantis bugun, 28-may kuni oltin va kumushni rasmiy to‘lov vositasi sifatida tan oluvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Financial Express ma’lum qildi.
Yangi tartib 2026-yil 1-iyuldan kuchga kiradi. Unga ko‘ra, davlat va xususiy sektor vakillari ixtiyoriy ravishda oltin hamda kumushni to‘lov sifatida qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, qimmatbaho metallar savdosiga qo‘yilgan savdo solig‘i bekor qilinadi.
DeSantisning so‘zlariga ko‘ra, bu qonun korxonalarga oltin va kumush orqali hisob-kitob qilish imkoniyatini yaratadi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga oshgani haqida yozgandi.