
Angliya Premyer-ligasining yakuniy turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Fulxem» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. O‘yindan so‘ng klub bosh murabbiyi Pep Gvardiola matbuot anjumanida jamoa tarkibi va ayrim futbolchilarning yo‘qligi haqida fikr bildirdi.
Murabbiy Abduqodir Husanov haqida ham alohida to‘xtalgan. Gvardiola uni Grilish, Vitor Reis va Makayti kabi jamoaning diqqat markazidagi futbolchilardan biri deb atadi.
Xususan, jurnalistlar yarim himoyachi Jek Grilishning tarkibda yo‘qligi sababini so‘rashdi. Gvardiola futbolchilar soni ko‘pligini aytib, tanlov har doim ham oson emasligini ta’kidladi. U Grilishga hech qanday shaxsiy e’tirozi yo‘qligini, barcha futbolchilar birdek muhim ekanini qayd etdi. Misol tariqasida, «Aston Villa» va «Vulverhempton»ga qarshi o‘yinlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan Jeyms Makayti ham bu safar tarkibga kirmaganini aytdi.
«Manchester Siti» 15-iyundan boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘radi. Shu bilan birga, Husanov milliy terma jamoaning «JCH – 2026» saralash bosqichidagi o‘yinlariga jalb etiladi. Gvardiolaning so‘zlariga ko‘ra, klubda har bir futbolchi, maydonga tushishidan qat’i nazar, o‘zini kerakli his qilishi zarur.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gvardiola Husanovni qo‘yib yubormasligi haqida xabar bergan edi.