Ijodiy Start-Up loyihalari uchun 37,5 million so‘mlik grant ajratiladi

eʼlon qilindi
Har yili kamida to‘rt nafar xorijiy mutaxassis va san’atkor o‘quv jarayonlariga jalb etiladi
grantlar
Foto: leadership.ng

Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi Start-Up loyihalar uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 100 baravarigacha miqdorda grantlar ajratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi va u «ERP madaniyat» boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi.

Shuningdek, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar asosida «Ijodiy texnolaboratoriya» tashkil etiladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida «Ijodkor yoshlar klubi» faoliyati yo‘lga qo‘yilib, «Madaniyat volontyorlari» ijtimoiy harakati ish boshlaydi.

Shu bilan birga, har yili kamida to‘rt nafar xorijiy mutaxassis va san’atkor o‘quv jarayonlariga jalb etiladi. To‘rt nafar iqtidorli yoshlar xorijga tajriba almashish uchun yuboriladi.

2026-yildan boshlab Madaniyat vazirligi tasdiqlaydigan kalendar-reja asosida yoshlar uchun tanlovlar va festivallar o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jennifer Lopes ilk bor Toshkentda konsert berishi haqida yozgandi.

Shuningdek