
Texnoinsayder Universe Ice hali taqdim etilmagan Infinix HOT 60 Pro+ smartfonining o‘lchamlari va tashqi ko‘rinishi haqida yangi ma’lumotlarni oshkor qildi.
Bloger e’lon qilgan videoda Infinix’ning yangi modeli Samsung Galaxy S25 Edge bilan taqqoslanadi.
Qalinlik bo‘yicha bu smartfon 5,9 mm bilan Galaxy S25 Edge’dan atigi 0,2 mm qalinroq, biroq bukilgan old va orqa oynali korpusi tufayli vizual jihatdan yanada nozikroq ko‘rinadi. Yengilroq og‘irligi bilan ham ajralib turadi: Galaxy S25 Edge 163,8 gramm bo‘lsa, Infinix qurilmasi atigi 154,6 gramm.
Ushbu qurilma arzonroq toifadagi model bo‘lishi kutilmoqda va ichki texnik xususiyatlari hozircha rasman e’lon qilinmagan. Shunga qaramay, uni MediaTek’ning yangi Helio G200 protsessori bilan jihozlash ehtimoli bor.
Universe Ice ilgari HOT 60 Pro+ allaqachon ommaviy ishlab chiqarishga qo‘yilganini ma’lum qilgan va rasmiy taqdimot yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Galaxy S25 Edge kamerasi Galaxy S25 Ultra’dan ustun chiqqani haqida xabar bergan edi.