Jennifer Lopes ilk bor Toshkentda konsert beradi

eʼlon qilindi
Turizm salohiyatini oshirish maqsadida
Jennifer Lopes ilk bor Toshkentda konsert beradi / Foto: Scenenow

2025-yil 7-avgust kuni Toshkentdagi «Milliy» (Bunyodkor) stadionida jahon mashhuri Jennifer Lopesning «Up All Night – Live In 2025» nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lum qildi.

Mazkur konsert san’atkorning O‘zbekistondagi ilk chiqishi bo‘lib, tadbir jamg‘arma tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Loyiha turizm salohiyatini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan muhim tashabbus sifatida baholandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq T’way Air aviakompaniyasining Toshkentga ilk parvozida Black Swan K-pop guruhi olib kelinggan edi.

Shuningdek