
Xonadonga konditsioner o‘rnatilgandan keyin ko‘pchilik tezda noxush haqiqatga duch keladi: qulaylik elektr energiyasi uchun yuqori xarajatlar bilan birga keladi. Lekin ko‘pchilik konditsionerdagi energiya tejovchi tizim haqida unutadi. Kursiv Uzbekistan Pravda nashriga tayanib qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladi.
Konditsioner yozning issiq kunlarida xonani salqin tutish uchun eng ishonchli vosita bo‘lsa-da, undan noto‘g‘ri foydalanish elektr hisob-kitoblarining keskin oshishiga olib keladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, foydalanuvchilarning katta qismi birgina – sovitish (cool) rejimidan foydalanadi, aslida esa qurilmalarda mavjud bo‘lgan boshqa imkoniyatlar ancha samaraliroq bo‘lishi mumkin.
Shulardan eng samaralisi – intellektual rejim (smart mode yoki eco mode deb ham ataladi). Ushbu sozlama haroratni atigi 1-2 darajaga pasaytiradi va tizimni maksimal yuklamasiz, yumshoq sovitish tamoyili asosida ishlashiga imkon beradi. Natijada esa elektr sarfi 30 foizgacha kamayadi, salqinlik esa baribir saqlanib qoladi.
Ekspertlar, shuningdek, quyidagilarga e’tibor berishni tavsiya qiladi:
- 26 °C harorat – salqinlik va sog‘liq uchun eng optimal chegara;
- Har bir ortiqcha 1 daraja 10% ko‘proq elektr sarf qiladi;
- Taymer funksiyasi yordamida qurilmani tunda avtomatik o‘chirish yoki ertalab uyga kelishdan oldin yoqish mumkin;
- Ventilyatsiya rejimi esa havoni aylantiradi, sovitmasdan – bu kechasi iliq va toza havo muhim bo‘lganda foydali.
Ko‘p hollarda foydalanuvchilar konditsioner imkoniyatlarining yarmidan foydalanmaydi. Agar siz ushbu rejimlarni qayta ko‘rib chiqsangiz ham qulaylik, ham tejash siz tomonda bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda konditsionerlar sotib olish va o‘rnatish qancha turishi haqida xabar bergan edi.