Markaziy bank 2025–2026-yillar uchun inflyatsiya prognozini yangiladi
eʼlon qilindi
Yanvar – aprel oylarida inflyatsiya 2,9 foizni tashkil etdi

Joriy yilning yanvar – aprel oylarida inflyatsiya 2,9 foizni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,3 foiz punktga yuqori. Bu haqda Markaziy bank 2025-yil birinchi choragiga oid pul-kredit siyosati sharhida ma’lum qildi.
Yillik ko‘rsatkich 10 foizdan oshib, 2024-yildagidan 2 foiz punktga ortiq bo‘ldi. Yangilangan prognozga ko‘ra, 2025-yil yakunida inflyatsiya 8 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda (ilgari 7,5-8 foiz deb baholangan edi). 2026-yil uchun taxmin esa 5 foizdan 5-6 foizgacha ko‘tarildi.
Markaziy bank 5 foizlik maqsadga 2027-yilning ikkinchi yarmida erishishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan aprel oyida aholining inflyatsion kutilmalari oʻzgarishsiz qolgani haqida yozgandi.