Endilikda NIO avtomobillari haydovchi uxlab qolsa ham o‘zini xavfsiz to‘xtata oladi

28-may 2025 12:12 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
NIO
NIO avtomobillari haydovchi uxlab qolsa ham o‘zini xavfsiz to‘xtata oladi / Foto: NIO

Xitoyning NIO kompaniyasi avtomobil sanoatida noyob yangilik — haydovchi hushini yo‘qotsa yoki uxlab qolsa, avtomobilni mustaqil to‘xtatib, yordam chaqira oladigan sun’iy intellekt tizimini joriy qildi. Bu haqda Speedme nashri xabar bermoqda.

Tizim avtomatik boshqaruv (avtopilot) yoqilgan holatda haydovchi reaksiyasiz qolsa, dastlab kuchayib boruvchi ovozli ogohlantirishlar beradi. Agar bunga javob bo‘lmasa, avtomobil xavf signalini yoqib, silliq tormozlaydi va o‘zi o‘ng chekka qatnov yo‘liga o‘tadi. To‘xtagach esa mashina eshiklarni ochadi va tez yordam xizmatlari bilan bog‘lanadi.

Foto: NIO

Bu funksiya «aqlli kuzatuv rejimi» (Smart Drive Enjoyment Mode) doirasida taqdim etilgan bo‘lib, kompaniyaning kengaytirilgan L2 darajali avtopiloti tarkibiga kiradi. Boshqa ishlab chiqaruvchilar hali demo versiyalarini namoyish qilayotgan bo‘lsa, NIO ushbu tizimni ommaviy ishlab chiqarishga tatbiq etdi.

Shuningdek, tizim avtomatik yumshoq qayrilish, xavfli vaziyatlarda masofa saqlash, boshqa haydovchilarning agressiv harakatlariga javob berish kabi funksiyalarni ham o‘z ichiga oladi.

NIO’ning bu texnologiyasi kompaniyaning L3 darajadagi shartli avtonom haydash bo‘yicha izlanishlari natijasi bo‘lib, endilikda hatto eski modellarga ham yangilanish orqali joriy etilmoqda.

Avvalroq 2025-yilning birinchi choragida eng sifatli elektromobillar ro‘yxati e’lon qilingani haqida yozgan edik.

Shuningdek