O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 12,6 foizga o‘sdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 57,4 trillion so‘mga ko‘proq
bozor xizmatlari
Foto: denisismagilov / depositphotos.com

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar – aprel oylarida respublikada ko‘rsatilgan pullik xizmatlar hajmi 290,3 trln so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida qayd etilgan 232,8 trln so‘mlik hajmga nisbatan 57,4 trln so‘mga ko‘proq bo‘lib, 12,6 foizlik real o‘sishni ifodalaydi.

Joriy yil boshidan buyon har bir fuqaroga to‘g‘ri kelgan xizmatlar hajmi o‘rtacha 7,7 mln so‘mni tashkil etgan. Bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda 10,4 foizga yuqori ekani bilan ajralib turadi.

Bundan tashqari, hisobot davrida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan xizmatlar qiymati 158,3 trln so‘mga teng bo‘lib, bu umumiy xizmatlar sohasidagi ulushning 54,5 foizini tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» nashri birinchi chorakda O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo aylanmasi qariyb 1,5 mlrd dollarga yetgani haqida yozgandi.

Shuningdek