O‘zbekistonning tashqi qarzi qancha

eʼlon qilindi
Uch oy ichida $2,2 mlrddan ko‘proqqa o‘sdi
O‘zbekistonning tashqi qarzi qancha / Foto: Unsplash

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil aprel oyi boshida O‘zbekistonning davlat qarzi miqdorini $42,4 mlrdga baholagan. Uch oy davomida u $2,2 milliarddan ortiq o‘sgan.

Qarzning asosiy qismini tashqi qarzlar tashkil etib, $35,5 mlrdga yetdi. Ichki qarz esa $6,8 mlrd.

Foto: Ekran tasviri
Foto: Ekran tasviri

Respublikaning asosiy kreditorlari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Jahon banki (JB) kabi moliya institutlari bo‘lib turibdi. Ulardan olingan kreditlar $15,1 mlrdni tashkil etdi.

Yilning birinchi choragida eng ko‘p qarzdorlik budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun $16,8 mlrdni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda yoqilg‘i-energetika tarmog‘i – $5,9 mlrd, neft-gaz sektori – $1,7 mlrd turadi.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $64,1 milliardga yetgani haqida yozgan edi.

Shuningdek