
Google’ning navbatdagi flagman smartfoni – Pixel 10 reklama suratlarida ilk bor ko‘rinish berdi. Bu haqda trashbox nashri ma’lum qildi.
Vankuverdagi plyajda tasvirga olingan marketing sahnalarida Pixel 10 Pro yoki Pixel 10 Pro XL modeli ko‘zga tashlandi. Dizayni deyarli Pixel 9’dan farq qilmasa-da, e’tibor sun’iy intellekt funksiyalari va yangi vizual uslubga qaratilgan.
Orqa panel dizaynida sezilarli o‘zgarish kuzatilmayapti, ammo reklama shiori «Telefoningizdan ko‘proq narsa talab qiling» – sun’iy intellektning yangi imkoniyatlariga ishora qiladi. Ular orasida eng e’tiborlisi Add Me funksiyasi bo‘lib, foydalanuvchilarga ikkita suratni birlashtirish yoki obyektlarni oddiy usulda qo‘shish imkonini beradi.
Smartfon seriyasining rang variantlari ham ancha yorqin. Limoncello, Blue, Iris va Sterling ranglaridan tashqari, klassik qora va kulrang ranglar ham taklif etiladi. Pixel 10’ning rasmiy taqdimoti 2025-yilning oxiriga yaqin kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google Pixel 9a smartfonida yangi batareyani qoʻllab-quvvatlash funksiyasi ishga tushirgani haqida xabar bergan edi.