Professional boks federatsiyasiga Bilol Erkinov rais etib saylandi

eʼlon qilindi
Sport vazirligi ma’lum qildi
Bilol Erkinov
Professional boks federatsiyasiga Bilol Erkinov rais etib saylandi / Foto: O‘zbekiston sport vazirligi

Bilol Erkinov O‘zbekiston Professional boks federatsiyasining yangi raisi etib saylandi. Bu haqda Sport vazirligi ma’lum qildi.

Toshkent shahridagi «Frankfort» mehmonxonasida O‘zbekiston Professional boks federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Sport vaziri Adxam Ikromov ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida federatsiya bosh kotibi Oybek Mo‘minov hisobot berib, tashkilot faoliyatida erishilgan yutuqlar haqida axborot berdi. Xususan, O‘zbekiston Jahon boks kengashi (WBC) a’zoligiga qabul qilingan. Ushbu hamkorlik natijasida mamlakatdagi musobaqalar darajasi oshgani va mutaxassislarga yangi imkoniyatlar ochilgani ta’kidlandi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik bokschilar so‘nggi yillarda Saudiya Arabistoni, BAA, AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya kabi mamlakatlardagi WBC, WBA va IBF kamarlari uchun bo‘lgan janglarda yuqori natijalarni qayd etgani aytib o‘tildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat bokschilari jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek