
Ram kompaniyasi 2025-yil iyul oyidan boshlab, Ram 1500 pikapi uchun 5,7 litrli V8 Hemi dvigatelini ishlab chiqarishni qayta boshlashga tayyorlanmoqda. Bu haqda 32cars xabar qildi.
Shuningdek, mashhur Ram TRX modeli ham V8 kompressorli dvigatel bilan qaytishi tasdiqlandi. Uning ommaviy ishlab chiqarilishi 2026-yil birinchi choragiga rejalashtirilgan.
Ishlab chiqarish Sterling Hayts zavodida amalga oshiriladi, shu yerda yangi Ramcharger modelining pilot ishlab chiqarilishi ham boshlanadi. Biroq uzoq masofaga yura oluvchi batareyaga ega Ram 1500 REV modeli kamida 2027-yilgacha kechiktirilmoqda.
Yangi Ram TRX yangilangan 6,2 litrli Hellcat V8 dvigateli bilan ta’minlanadi, uning quvvati taxminan 720 ot kuchidan oshadi. Bu esa modelni Ford Raptor R bilan raqobatlasha oladigan darajaga olib chiqadi.
Ram 1500 uchun 5,7 litrli atmosferali Hemi esa eTorque tizimi bilan jihozlanadi, bu yonilg‘i tejamkorligini oshirib, brendning Ford va GM bilan raqobatdagi o‘rnini mustahkamlaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mini kompaniyasi ilk bor to‘liq elektr JCW modelini namoyish etgani haqida yozgandi.