Samarqandda Pedagogika mahorati markazi ochildi

Samarqandda bog‘cha xodimlari uchun pedagogik mahorat markazi ishga tushdi. Ochilish marosimida Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va YUNISEF ijrochi direktori Ketrin Rassel ishtirok etdi.
Bog‘chalarda sifatli ta’limni rivojlantirish loyihasi doirasida mamlakatimizning har bir hududida shunday markazlar tashkil etish rejalashtirilgan. Moliyaviy yordam Islom taraqqiyot banki (ITB) tomonidan amalga oshiriladi.
«O‘qituvchilar ta’limdagi muvaffaqiyatli islohotning asosi bo‘lib, ularning malakasini oshirish sifat va inklyuziv ta’limni ta’minlashning kalitidir», – deydi Rassel.
UNISEF 6,5 mingdan ortiq pedagog kadrlar malakasini oshirish dasturi bo‘yicha o‘qishni tamomlaganini ta’kidladi. Kelgusida maktabgacha ta’lim tizimida mehnat qilayotgan 120 ming kishi malaka oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentda loyiha qiymati 15 mlrd so‘m bo‘lgan STEAM markazi ochilgani haqida yozgan edi.