Samsung Galaxy S25 smartfonlari Koreyada rekord darajada sotildi

28-may 2025 09:26 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung
Samsung Galaxy S25 smartfonlari Koreyada rekord darajada sotildi / Foto: Samsung Electronics

Samsung Galaxy S25 smartfonlari sotuvlar bo‘yicha Janubiy Koreyada rekord o‘rnatdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Chosun nashri xabar bermoqda.

Ushbu modelning 2 million dona nusxasi Galaxy S24 seriyasidan ikki hafta oldinroq sotilib bo‘lgan. Shuningdek, birinchi million nusxa Galaxy S24’dan bir hafta oldin sotilgan.

Foto: Depositphotos

Galaxy S25 seriyasi 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi barcha Galaxy modellar orasida eng tez sotilgan qurilma sifatida rekord o‘rnatdi. Eng ko‘p talab Galaxy S25 Ultra modeliga bo‘ldi. Xaridorlar orasida eng mashhur rang – ko‘k, undan keyin oq va kumush ranglar ommalashgan.

«Ichki bozorda 2 mln donadan ortiq sotilishi mijozlarning Galaxy S25 seriyali innovatsiyalari va sifatini yuqori baholagani natijasidir», – deydi Samsung Korea vitse-prezidenti Chon Xo-jin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy Jump 3 uchun One UI 7 yangilanishi chiqarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek