Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti sanasi ma’lum qilindi

Saudiya Arabistonida zulhijja oyining boshlanganini bildiruvchi hilol ko‘ringach, mamlakat Qurbon hayitining aniq sanasini e’lon qildi. Qirollikdagi rasmiy manbalarga ko‘ra, Qurbon hayiti bu yil 2025-yil 6-iyun kuniga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Al Arabiya axborot agentligi xabar berdi.
Islomiy qamariy taqvimda so‘nggi oy sanalgan zulhijja oyining 1-kuni Saudiya Arabistonida 28-maydan boshlanadi. Hayit esa bu oydagi 10-kuni nishonlanadi.
An’anaviy tarzda bu kunda musulmonlar tongda hayit namozini o‘qib, yaqinlarini ziyorat qiladi, sovg‘alar ulashadi hamda qurbonlik marosimlarini ado etadi. Zulhijja oyining 9-kuni esa Arafa kuni sifatida katta ahamiyatga ega.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda O‘zbekistonda Qurbon hayiti 16-iyunga to‘g‘ri kelgani haqida xabar bergan edi.