Starship’ning navbatdagi sinovi vaqtida tezlatkich portlab ketdi

eʼlon qilindi
Parvoz atmosferaga kirishgacha davom etdi
Starship’ning navbatdagi sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlandi / Foto: SpaceX

27-may kuni Texas shtatidagi Starbase kosmodromidan SpaceX kompaniyasining Starship raketa-tashuvchisi to‘qqizinchi sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda kompaniyaning X sahifasida ma’lum qilindi.

Qismlar ajralishi muvaffaqiyatli bo‘ldi, ammo Super Heavy tezlatkich havoda portlab ketdi.

Foto: Spacex

Starship soatiga 26 493 km tezlikka chiqib, dvigatellarini o‘chirdi. Biroq raketa tez aylanishni boshladi va barqarorlikni yo‘qotdi. Bu holatda SpaceX dvigatellarni qayta yoqishni maqsadga muvofiq deb topmadi. Parvoz atmosferaga kirishgacha davom etdi, ammo so‘ng kema parchalanib, aloqa uzildi.

SpaceX bu sinovni shunday izohladi: «Bugungi parvoz bizga muhim ma’lumotlar beradi. Bunday sinovlar orqali Starship’ni ishonchli qilishga erishamiz, chunki biz insoniyat hayotini ko‘p sayyoralik qilishga intilmoqdamiz».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Space Solar kompaniyasi Quyosh energiyasini fazodan uzatish texnologiyasini yaratgani haqida yozgan edik.

Shuningdek