Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES qurish uchun yer maydoni ajratildi

eʼlon qilindi
6,59 gektar yer maydoni
GES
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES qurish uchun yer maydoni ajratildi / Foto: tingyaso / depositphotos.com

Toshkent viloyatida davlat zaxirasidagi 40 ta nuqtada jami 6,59 gektar yer maydoni Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratildi. Bu yerlar shahar va tumanlar hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan hududlardir. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu yer uchastkalari mikro gidroelektr stansiyalar (mikro GES) qurilishi uchun tashabbuskorlarni aniqlash maqsadida auksionga chiqariladi.

Qurilish Piskent, Ohangaron, Bekobod, Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq, Qibray, Chinoz, Bo‘ka, Yangiyo‘l, Zangiota tumanlarida va Angren, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq shaharlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan viloyatida 29 ta kichik va mikro GES qurilishi haqida yozgandi.

Shuningdek