Xiaomi Mi 15S Pro foydalanuvchilardan faqat ijobiy baho oldi

eʼlon qilindi
Narxi $765
Xiaomi Mi 15S Pro
Xiaomi Mi 15S Pro foydalanuvchilardan faqat ijobiy baho oldi / Foto: Xiaomi

Xiaomi Mi 15S Pro flagman smartfoni JD.com savdo platformasida sotuvga chiqarilgandan so‘ng foydalanuvchilardan 100 foiz ijobiy fikr to‘pladi. Bu haqda mydrivers nashri ma’lum qildi.

Yangi model Xiaomi kompaniyasining o‘z ishlab chiqargan Xring O1 protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, bu kompaniya uchun ilk tajriba sanaladi. Ammo foydalanuvchilarning fikricha, yangi chip ravon ishlaydi, yuqori unumdorlikni ta’minlaydi va shikoyatlar deyarli yo‘q.

Smartfon 6,73 dyuymli 2K OLED displey, Leica brendi bilan hamkorlikdagi flagman kamera tizimi, IP68 namlik va changga chidamlilik darajasi bilan ajralib turadi. Qurilmada 6100 mA/soat sig‘imli katta akkumulyator mavjud bo‘lib, u 90 Vt quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bazaviy versiyasi 16/512 GB xotira bilan taqdim etilgan smartfonning narxi $765 etib belgilangan. Mi 15S Pro ilk sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, Xiaomi’ning mustaqil chip ishlab chiqarish borasidagi yondashuvi o‘zini oqlagan ko‘rinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 15 yilligi sharafiga 15S Pro flagmanini taqdim etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek